Texnikum haqda

Fargʻona shahar 5-son tyexnikumi 1968-yil – Neft sanoati Vazirligining 1968-yil 13-dekabr № 564-sonli buyrugʻi asosida Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi tasarrufida Fargʻona kechki neft texnikumi tashkil etilgan.

1998-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998-yil 15-dekabrdagi  № 523-sonli qaroriga binoan Fargʻona kechki neft texnikumi Fargʻona neftni qayta ishlash zavodidan “Oʻzbekneftgaz” Milliy Xolding Kompaniyasi tasarrufiga oʻtkazildi.

2004-yil – Fargʻona viloyati hokimligi oʻrta maxsus,  kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasining  2004-yil 6-fevraldagi  № 21-sonli buyrugʻiga asosan Fargʻona kechki neft texnikumi negizida Fargʻona neft va gaz sanoati kasb-xunar kolleji tashkil etilgan.

2019-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-son Farmoniga asosan Fargʻona neft va gaz sanoati kasb-xunar kolleji negizida Fargʻona neft va gaz sanoati kolleji tashkil etildi.

2025-yil  – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 23 oktyabrdagi PF-190-son Farmoniga asosan Fargʻona shahar 5-son texnikum tashkil etildi.

 

Fargʻona shahar 5-son texnikum binosi 2010-yilda qurilgan, quvvati 435 oʻrinli, binolar soni: 4 ta, yer maydoni  1,88 ga, oʻquv maydoni 928,97 m2 , oʻquv xonalari soni:  11 ta, laboratoriya xonalari: 2 ta, yotoqxona: 50 oʻrinli (462,6 m2), oshxona (bufet): 16 oʻrinli, ishlab chiqarish ustaxonasi qavati va maydoni: 1 qavatli (497,35 m2), balans qiymati: 4 663 517 ming soʻm, manzili: Fargʻona viloyati, Fargʻona shahar, Joʻydam MFY, Fargʻona koʻchasi 170 uy.

Tilni tanlang »