Farg‘ona shahar hokimligida Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda hokim yordamchilari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ–264-son qaroriga muvofiq Tashabbusli budjet jarayoniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek, “birgalikda moliyalashtirish” amaliyotini joriy etish mexanizmlari atroflicha tushuntirildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga yangilangan tartiblarning mazmun-mohiyati, ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash tartibi, mahallalarda tashabbusli loyihalarni shakllantirish, ularni samarali moliyalashtirish hamda amalga oshirish jarayonlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.